Sport | 07:45 / 26.11.2015
8765
1 daqiqa o‘qiladi

Su-24 urib tushirilishi tufayli "Rubin"ning turkiyalik futbolchisi Rossiyada muammoga duch keldi

Turkiya matbuotida Qozonning "Rubin" jamoasi futbolchilari o‘rtasida Su-24 samolyoti urib tushirilishi bo‘yicha ziddiyat yuzaga kelgani xaqida xabar berildi.

Manbaning yozishicha, "Rubin"ning mahalliy futbolchilaridan biri turkiyalik legioner Go‘kdeniz Qoradenizga mashg‘ulot vaqtida tixirlik qilgan.

"Turkiya bizning samolyotni urib tushirdi", degan u o‘dag‘aylab.

Bunga javoban esa "Bizning tariximizni o‘rgan, Turkiya hamisha o‘z chegaralarini himoya qilgan", degan turkiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni "orqadan zarba berish" deb baholagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish