13:03 / 26.11.2015
22678

Toshkentda yirik bosqinchilar to‘dasi fosh etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Qibray tumani sudi ma'lumotlariga qaraganda, yirik bosqinchilik guruhi ustidan o‘tkazilgan sud ishi yakuniga yetgan. Voqea tafsilotlari “Darakchi” gazetasida keltirildi.

Aytilishicha, Bahodir Siddiqov ismli shaxs o‘z atrofiga fuqarolar Doniyor Qo‘chqorov, Marat Ergashev, Temur O‘rinboyev, Ulug‘bek Yusufjonov, Mirsardor Mirhaytov hamda Diana Ahmedovalardan iborat guruhni to‘plagan. Ushbu yirik guruh viloyat va shaharlardagi xonadonlarga bostirib kirib, talonchilikni amalga oshirgan.

Jumladan, shu yilning 20 sentabr kuni jinoiy guruh Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasida joylashgan xonadonlardan birida 3.5 mln so‘m pulni o‘g‘irlashgan.
Bundan tashqari, guruh qarovsiz qolib ketgan mashinalarni talash bilan ham shug‘ullanib kelgan.

Top