08:37 / 26.11.2015
8122

Turkiya bosh shtabi Rossiyaning harbiy attashesiga Su-24 samolyoti bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim qildi

Turkiya bosh shtabi Rossiyaning harbiy attashesiga Su-24 samolyoti bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim qildi, deb xabar bermoqda CNN Turk telekanali.  

Turkiya bosh shtabi bayonotiga ko‘ra, Rossiya attashesi radarlardan olingan ma'lumotlardan foydalangan holda yuz bergan hodisa detallari haqida xabardor etildi, so‘ngra tomonlar o‘zaro fikrlar almashdilar.

Avvalroq Turkiya Su-24 urib tushirilishi bo‘yicha Rossiya harbiy attashesi bilan maslahat o‘tkazganini ma'lum qilgandi.

Turk harbiylari bu masala bo‘yicha hamkorlikning barcha turlariga tayyorliklarini bildirdilar.

Top