Jamiyat | 02:04 / 26.11.2015
18398
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaga fohishalikka olib ketilayotgan qiz chegarada qo‘shmachi ayolni fosh qildi

Toshkentdan Turkiyaga fohishalik uchun olib ketilayotgan qiz “Qoplonbek” chegara-postidan o‘tish chog‘ida qo‘shmachi ayolni huquq-tartibot organlariga ushlab berdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Kamola G‘ayratova Yulduz va Yekaterina ismli qizlar bilan restoranda tanishib qolgan. U qizlarga Turkiyada ofitsiantlik ishini hamda 500 dollar maoshni va'da qilgan.

Ammo ular chegara postiga yetganida bo‘lib qolgan ko‘ng‘iroqqa javob berarkan, G‘ayratova rus tilida qizlarning narxi borasida talasha boshlagan. Uning so‘zlarini Yekaterina tushunib qolgan.

Chegaradan o‘tishda deklaratsiya to‘ldirish paytida Yekaterina shu yerda xizmat qilayotgan huquq-tartibot xodimlaridan biriga bo‘lgan voqealarni aytib bergan. Natijada qo‘shmachi ayol qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan Kamola G‘ayratovaga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish