12:12 / 26.11.2015
5033

Uzoq kutilgan olti millioninchi qirg‘izistonlik tug‘ildi

Olti millionichi qirg‘izistonlik bo‘lishi kutilgan chaqaloq nihoyat, bugun, 26 noyabr kuni dunyoga keldi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, uning kimning oilasida va qaysi shifoxonada tug‘ilganiga aniqlik kiritish ustida ish olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, 26 noyabrda 250 nafar atrofidagi chaqaloq tug‘ilishi kutilayotgandi. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 122 nafar chaqaloqning tug‘ilgani qayd etilgan.

Bugun Bishkekdagi Alatov maydonida, soat 18:00da olti millioninchi qirg‘izistonlikning tug‘ilgani munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, 5 millioninchi qirg‘izistonlikning tug‘ilgani 2002 yilning 27 avgustida qayd etilgandi.

Ma'lum qilinishicha, 2005 yilning 1 avgusti holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda doimiy yashovchilar soni 5 mln 964 ming kishi bo‘lgandi.

Top