19:20 / 27.11.2015
13175

Amerikalik siyosatshunos: Turkiya Rossiya samolyotini kutayotgan edi

Turkiya havo chegarasi buzilganda amalga oshiriladigan qoidaviy me'yorlarga rioya etmadi. Rossiyaning Su-24 samolyoti rostanam chegarani buzgan taqdirda ham u Turkiya ustida bor-yo‘g‘i 17 sekund bo‘lgan edi va hech qanday agressiv maqsadlarni ko‘zlamagan edi. Bu haqda Nyu-York universiteti professori, global siyosat masalalari bo‘yicha ekspert Mark Galeotti.

“Havo chegaralarining buzilishi doimo ro‘y beradigan hodisadir, bu darajadagi siyosiy keski vaziyatda bo‘lsa ham. Bunda kutiladigan birinchi narsa ogohlantiruvchi o‘qlardir, undan keyin esa samolyotni havo hududidan chiqib ketishga yoki qo‘nishga undaydigan harakatlardir”, - deydi ekspert o‘z maqolasida.

Rossiya samolyoti shaxsan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an buyrug‘i bilan 17 sekunddayoq urib tushirilishi Anqara bunday imkoniyatni uzoq kutganidan dalolatdir, deb hisoblaydi Galeotti. Uning fikricha, Turkiya ko‘pdan buyon Rossiya samolyoti bu darajada yaqin kelishini kutgan. Shu yo‘l bilan u Rossiyaga o‘z xabarini yo‘llamoqchi bo‘lgan.

“Shu sababdan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov nega Turkiyaning qilmishini provokatsiya va pistirma deganini tushaman”, - xulosa qildi ekspert.

Top