09:03 / 27.11.2015
1932

AP: Boliviyalik ayol Facebook orqali 250 dollarga chaqaloq sotmoqchi bo‘ldi

Boliviya huquq-tartibot muassasalari Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali odam savdosini amalga oshirganlikda ayblanayotgan ikki nafar ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Qo‘lga olinganlardan biri 6 haftalik qiz chaqaloq uchun boshqa ayolga 250 dollar to‘lagan. Chaqaloqni sotib olgan ayol shunday yo‘l bilan o‘zning sobiq oshig‘ini qaytarmoqchi bo‘lgan.

Politsiyachilar isbot sifatida Facebook’da bola sotilishi haqidagi e'lon yozilgan sahifadan skrinshot (ekrandan olingan nusxa) taqdim qilishdi.

Top