Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
El Mundo Deportivo: "Oltin to‘p"ni Messi oladi, Ronaldu ikkinchi, Neymar esa uchinchi o‘rinda qoladi
OAVda 2015 yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash uchun berilgan ovozning dastlabki natijalari ma'lum qilindi.
El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, "Oltin to‘p"-2015 "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga nasib etadi. U 414 ochko (82,4 foiz) olgan.
Ikkinchi o‘rinni "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallagan - 212,5 ochko (40 foiz atrofida).
Uchinchi o‘rinda esa "Barselona"ning yana bir hujumchisi Neymar (95,5 ochko).
Undan keyingi o‘rinlarda Luis Suares ("Barselona", 34,5 ochko), Zlatan Ibrohimovich (PSJ, 21 ochko) va Andres Inesta ("Barselona", 20 ochko) qayd etilgan.
Shu tariqa, Messi "Oltin to‘p"ni uchinchi marta qo‘lga kiritishi kutiladi.
Rasmiy natija 11 yanvar kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadigan marosim vaqtida e'lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonlarida terma jamoa bosh murabiylari, sardorlari va OAV vakillari ishtirok etadi.