07:17 / 27.11.2015
7837

Erdo‘g‘an: agar Su-24 Rossiyaga tegishli ekanini bilganimizda, boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardik

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an agar turk tomoni Suriyada urib tushirilgan Su-24 harbiy samolyoti Rossiyaga tegishli bo‘lganini bilganda o‘zini boshqacha tutgan bo‘lardi, deb aytdi. Bu haqda France24 telekanali ma'lum qildi.

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘ramasligini aytgan edi. Uning aytishicha, turk uchuvchilari va qurolli kuchlari o‘z vazifalarini bajarganlar.

Top