Jahon | 07:41 / 27.11.2015
7148
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Putinga 30 noyabrda uchrashishni taklif qildi, biroq hali javob olmadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Parijda 30 noyabrda uchrashishni taklif qildi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. Turkiya prezidenti hozircha javob olmaganini aytdi.

“Men Putin bilan 30 noyabrda Parijda uchrashishni so‘radim, biroq hozircha javob olmadim”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Erdo‘g‘an Su-24 bilan yuz bergan vaziyatdan keyin Putinga qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilgani, biroq Putin javob bermagani aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish