Jamiyat | 16:38 / 27.11.2015
2027
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada yuk mashinalaridagi mingga yaqin rodjyestvo archasi o‘g‘rilab ketildi

AQShning Florida shtatida talonchilar ikkita yuk mashinasiga ortilgan mingga yaqin rodjyestvo archalarini o‘g‘rilab ketishdi. Bu haqda NBC News nashri xabar tarqatdi.

Transport vositalari egasi sanalgan Mayk Uelshning ma'lum qilishicha, o‘g‘rilar yukxona ochiq bo‘lgani uchun o‘z ishlarini juda tez bajargan.

«Agar yukxona qulf bo‘lganida buncha miqdorda archani olib qochish juda ko‘p vaqtni talab qilardi», — deya gapirib o‘tgan Uelsh.

O‘g‘rilab ketilgan archalarning umumiy qiymati 35 ming dollarga baholanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘g‘rilik ish ochib jinoyatchilarni qidiruvga bergan.

Ma'lumot uchun, 2013 yilda Qozog‘istonda va Italiyada archalarning o‘g‘rilab ketish holatlari kuzatilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish