Sport | 18:47 / 27.11.2015
2365
1 daqiqa o‘qiladi

Futbolchi: "Zenit" muxlislarining "Gent" stadioniga kiritilmasligi bu - sirk

Rossiyaning «Krilya Sovetov» klubi futbolchisi Taras Burlak Belgiyaning Gent shahri meri Daniel Termon Yevropa chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Gent» – «Zenit» uchrashuvida mehmon jamoa muxlislari qatnashmasligini ta'minlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Uchrashuvga mehmon jamoa muxlislarining kiritilmasligi bu — sirk», deya Tvitterda yozib qoldirgan Burlak. 

Eslatib o‘tamiz, Belgiya shahri meri bu qarorini turk diasporasi xavfsizligini ta'minlash maqsadida amalga oshirayotganini ta'kidlab o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish