Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio Ferdinand: Hozir APLda 1999 yilgi "MYu" yoki Vengerning "Yengilmas Arsenali"ga bas kela oladigan jamoa yo‘q
"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Angliya chempionati darajasi haqida fikri bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu mavsumda hozirda jamoalar oxirgi 15 yildagi kabi kuchli emas. Hozirgi APL sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng kuchsizidir.
Birinchidan, dunyoning eng kuchli futbolchilari premer ligada o‘ynamayapti. Qolaversa, eng yaxshilardan keyin turadigan "ikkinchi eshelon" ham Angliyada emas. Qachon yana shunday bo‘lgan edi?
Yana bir jihatni aytish kerak. Hozirgi jamoalardan hech biri 1999 yilgi yoki 2008 yilgi "Manchester Yunayted"ni yenga olmaydi. Shu kabi 2000 yillar boshidagi "Yengilmas "Arsenal" hamda Mourinoning birinchi murabbiyligidagi "Chelsi" kabi qudratli jamoa hozirda APLda yo‘q", - deydi Ferdinand.
Eslatib o‘tamiz, UYeFA yil jamoasiga nomzodlarning kengaytirilgan ro‘yxatida APLdan 5, La Ligadan 16 nafar futbolchi joy olgani xabar qilingandi.
Bu ro‘yxatda undan tashqari Italiya chempionatida 6 nafar, Bundesligada 8 nafar futbolchi mavjud. Bu borada faqat Fransiya chempioantida kamroq ko‘rsatkich - 4 nafar futbolchi.