Jahon | 10:20 / 27.11.2015
1871
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada BMTga suriyalik qochqinlarga ko‘mak sifatida 75 mln dollar ajratadi

Kanada hukumati BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissariga suriyalik muhojirlarga ko‘mak sifatida 75 million dollar yo‘naltirishi to‘g‘risida e'lon qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Shuningdek, BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligiga kelgusi bir necha oyda minglab suriyalik qochqinlarni Kanada bo‘ylab joylashtirish dasturi doirasida 7,5 mln dollar yo‘naltiriladi.

Kanada vazirlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, BMT uchun mo‘ljallangan mazkur mablag‘lar ayni paytda qochqinlar duch kelayotgan qiyinchiliklarni yumshatishga sarflanadi.

“Biz suriyalik qochqinlar ziq-ovqat va boshqa kunlik ehtiyojlar uchun mablag‘ yetishmovchiligiga duch kelayotgani, shuningdek, Suriyani tark etishga harakat qilib, har kuni hayotini xavf ostiga qo‘yayotganidan xabarimiz bor”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish