Jahon | 15:58 / 27.11.2015
8037
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Erdo‘g‘an Su-24 bilan yuz bergan voqeadan 7-8 soat o‘tib, Putinga telefon qilgandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskovning ma'lumot berishicha, Turkiya tomoni Su-24 samolyoti urib tushirilganidan 7-8 soat o‘tib, Vladimir Putin bilan gaplashish uchun telefon qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bu qo‘ng‘iroq haqida prezident ham xabardor qilingan.

Biroz oldinroq, Rossiya prezidenti Fransiya prezidenti bilan uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan brifing vaqtida turklarning Su-24 samolyotining u Rossiyaga tegishli ekanini bilmagan holda urib tushirgani haqidagi "bahonasi"ni qabul qilmasligini bildirgandi.

Bundan oldinroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Su-24 halokatidan keyin Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilgani, ammo Putin go‘shakni ko‘tarmagani haqida aytgandi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa buni tasdiqlamagandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish