Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 27 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
Poroshenko ikkinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi>>
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ikkinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi.
Moskva viloyatida trotil va to‘pponchalarga ega ikki nafar tojikistonlik qo‘lga olindi>>
Moskva viloyatining Leninsk tumanida politsiyachilar trotil portlovchi moddasi va to‘pponchalarga ega, hech qayerda ishlamaydigan ikki nafar tojikistonlikni qo‘lga oldi.
Rossiya va Fransiya teraktlar tufayli yo‘qotishlari ikki davlatning terrorga qarshi sa'y-harakatlarini birlashtirishga majbur qilmoqda.
Rossiya va Turkiya mudofaa vazirliklari o‘zaro harakatlarning barcha kanallarini uzdilar>>
Rossiya Mudofaa vazirligi va Turkiya Qurolli kuchlari o‘zaro harakatlarning barcha amaldagi kanallarini uzdilar.
Obama Shukronalik kunida amerikaliklarni suriyalik qochqinlarga muruvvatli bo‘lishga chaqirdi>>
AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining mamlakatga har haftalik murojaatida suriyalik qochqinlarni qabul qilishni davom ettirish taklifi bilan chiqdi.
Erdo‘g‘an: agar Su-24 Rossiyaga tegishli ekanini bilganimizda, boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardik>>
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an agar turk tomoni Suriyada urib tushirilgan Su-24 harbiy samolyoti Rossiyaga tegishli bo‘lganini bilganda o‘zini boshqacha tutgan bo‘lardi.
Putin Erdo‘g‘anning turk uchuvchilari urib tushirilgan Su-24 samolyoti Rossiyaga tegishli bo‘lganini bilmagani haqidagi gaplarini bahona deb aytdi.
Erdo‘g‘an Putinga 30 noyabrda uchrashishni taklif qildi, biroq hali javob olmadi>>
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Parijda 30 noyabrda uchrashishni taklif qildi.
Turkiyaning Suriya jangarilariga qurol yetkazib bergani haqida yozgan jurnalistlar qamoqqa olindi>>
Turkiya sudi Cumhuriyet gazetasi bosh muharriri Jan Dyundar hamda muxbir Erdem Gulni hukumat tomonidan Suriyadagi jangarilarga qurol yetkazib berilayotgani haqidagi maqola uchun qamoqqa olishga hukm chiqardi.
Putin: Suriyada yer usti operatsiyalarisiz terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashishning imkoni yo‘q>>
Suriyada yer usti operatsiyalarisiz terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashishning imkoni yo‘q, bu operatsiyani faqatgina Suriya armiyasi ta'minlashi mumkin, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra bergan matbuot-anjumanida.
Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya bilan munosabatlarda jiddiy ko‘ngilsiz voqea bo‘lishini istamagan>>
Turkiya Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishidan manfaatdor emas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an France 24 telekanali orqali uzatilgan intervyuda aytib o‘tdi.
Dominikanda ikki avtobusning to‘qnashuvidan eng kamida 11 kishi halok bo‘ldi>>
Dominikan respublikasi sharqida ikki avtobusning to‘qnashib ketishi oqibatida eng kamida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 70dan ziyodi jarohatlandi.
AP: Boliviyalik ayol Facebook orqali 250 dollarga chaqaloq sotmoqchi bo‘ldi>>
Boliviya huquq-tartibot muassasalari Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali odam savdosini amalga oshirganlikda ayblanayotgan ikki nafar ayolni qo‘lga oldi.
Putin: Anqara IShIDdan neft sotib olayotganini tan olishi kerak>>
Rasmiy Anqara Turkiya tomonidan IShID nefti sotib olinayotganini tan olishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya rahbari Fransua Olland bilan muzokaralaridan keyin o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
OAV: FQB IShIDga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 48 kishini kuzatmoqda>>
AQSh Federal qidiruv byurosi o‘zining eng ilg‘or bo‘linmalarini IShIDga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 48 kishini kuzatishga jalb qilgan.
Kanada BMTga suriyalik qochqinlarga ko‘mak sifatida 75 mln dollar ajratadi>>
Kanada hukumati BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissariga suriyalik muhojirlarga ko‘mak sifatida 75 million dollar yo‘naltirishi to‘g‘risida e'lon qildi.
OAV: Parij teraktlari ijrochilari qurolni internet orqali Germaniyadan buyurtma qilishgan>>
Parij teraktlari ijrochilari qurolni internet orqali Germaniyadan buyurtma qilishgan.
XXR masofaviy zondlash yo‘ldoshini uchirdi>>
Xitoy shimolidagi Tayyuan kosmodromidan Yer yuzini masofaviy zondlashga mo‘ljallangan “Yaogan-29” sun'iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi.
Dovudo‘g‘li: Turkiya Rossiya bilan ixtilofni bartaraf qilmoqchi>>
Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li The Times gazetasida chop etilgan maqolasida rasmiy Anqara Rossiya va ittifoqchilar bilan hamkorlikda Su-24 samolyotining urib tushirilishi tufayli kelib chiqqan ixtilofni bartaraf etish yo‘lida ishlashini bayon qildi.
Afrika suvlarida qaroqchilar polshaliklar kemasini qo‘lga oldi>>
Nigeriya sohillarida Polsha savdo kemasi qo‘lga olindi.
Qirg‘izistonda prezident devonining sobiq rahbari 3 yilga qamaldi>>
Qirg‘iziston prezident devonining sobiq rahbari Doniyor Norimboyev 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Erdo‘g‘an: Rossiya Suriya ustida samolyotimizni urib tushirsa, bu agressiya bo‘ladi>>
Turkiya Suriya osmonidagi samolyoti Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimi yordamida urib tushirilsa, buni agressiya deb baholaydi.
Turkiya HHK Suriya osmonida parvozlar amalga oshirishni to‘xtatadi>>
Turkiya harbiylari Suriya osmonida uchishlarni to‘xtatadi.
Qozog‘iston BMT tinchlikparvar missiyasiga ayol harbiylarni yuborishi mumkin>>
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi BMT tinchlikparvar missiyasi safiga ayol harbiylarni jo‘natish mumkinligini istisno qilmaydi, deya xabar berdi mamlakat mudofaa mahkamasi bosh shtabi rahbari o‘rinbosari Muhamadjon Talasov.
Qirg‘izistonda savdo solig‘idan bosqichma-bosqich voz kechiladi>>
Qirg‘iziston hukumati savdo solig‘idan bosqichma-bosqich voz kechishga qaror qildi.