18:26 / 27.11.2015
7216

OAV: Parijdagi teraktlarni uyushtirgan shaxs Suriyaga qarab ketmoqda

Parijdagi teraktlarni tashkil etganlikda ayblanayotgan bosh gumondor Saloh Abdusalom Belgiya hududini tark etib, Suriyaga yo‘l olgan. Bu haqda mahalliy Het Laatste Nieuws nashri yozmoqda.

Aytilishicha, mamlakatdan chiqib ketish oldidan Abdusalom Bryusselning Skarbek kommunasida berkinib yurgan. Uni yashirgan odamlar keyinchalik qirollik hududini tark etishga ham yordam berishgan.

Ilgariroq OAV Abdusalomning Germaniyaga qochganini ma'lum qildi, ammo bu axborot tasdiqlanmadi.

Top