07:27 / 27.11.2015
3044

Obama Shukronalik kuni arafasida boshpanasizlarning qornini to‘yg‘azdi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining rafiqasi va qizlari bilan AQShda 26 noyabrda nishonlangan Shukronalik kuni arafasida Vashingtondagi boshpanasizlar markazida boshpanasizlarga ovqat ulashish an'anaviy tadbirida ishtirok etdi.

“Bugungi kun bizga borimizga shukr qilishni va boshqalarga yordam berib, o‘z muruvvatimiz bilan bo‘lishishni eslatuvchi kundir”, deb yozdi Obamaning rafiqasi Mishel Obama tvitterda.

Avvalroq Obama Shukronalik kunida barcha amerikaliklarni suriyalik qochqinlarga nisbatan muruvvat ko‘rsatishga chaqirdi.

Top