01:51 / 27.11.2015
2859

Obama Shukronalik kunida amerikaliklarni suriyalik qochqinlarga muruvvatli bo‘lishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining mamlakatga har haftalik murojaatida suriyalik qochqinlarni qabul qilishni davom ettirish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Fox News kanali.

“Meyflauer” kemasi Atlantika okeanini kesib o‘tganidan keyin 400 yil o‘tib, dunyo hali ham darbadarlarga – o‘zlari va oilalari uchun xavfsizroq, yaxshiroq kelajakka ega bo‘lish imkoniyatidan boshqa narsa kerak bo‘lmagan erkak va ayollarga to‘la. Amerikani Amerika qiladigan narsa biz ularga bu imkoniyatni berishimizdir”, deb aytdi Obama.

Obama Shukronalik kunida suriyalik qochqinlarni qabul qilish taklifini bildirib uning nomiga maktub yozgan amerikaliklarning muruvvatidan ta'sirlanganini aytdi.

Obama sentabrda suriyalik qochqinlarni qabul qilish dasturini e'lon qildi, unga ko‘ra 2016 yil sentabrgacha 10 ming qochqinni qabul qilish rejalashtirilmoqda. 21 ta shtat gubernatori Parijdagi teraktlardan keyin o‘zlarida qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Biroq AQSh Davlat departamentida AQSh Parijdagi teraktlarga va mamlakatga IShID tomonidan bildirilayotgan tahdidlarga qaramasdan, qochqinlarni qabul qilish rejasini o‘zgartirish niyatidamasligi ma'lum qilindi.

Top