Jamiyat | 10:45 / 27.11.2015
5688
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada 3ta sauna egasi qo‘shmachilikda ayblanib, qo‘lga olindi

Qozog‘iston poytaxtida 3ta sauna xo‘jayinlari qo‘lga olindi. Bunday muassasalarda qo‘shmachilik holatlari kuzatilayotgani borasidagi arizalar va shikoyatlar asosidagi tezkor tadbirlar Ostonada 23-25 noyabr kunlari o‘tkazildi. Buning natijasida 3ta muassasada sodir etilayotgan huquqbuzarliklar chop etildi.

Jumladan, 23 noyabr kuni aybdorlardan biri, 38 yoshli ayol, 29 yoshli boshqa bir ayolni “mijoz”ga 5 ming tangaga “taqdim etgani” aniqlandi.

Muassasalardan birida 17 yoshli qizning fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Sauna egasi bo‘lgan, nomi keltirilmayotgan 48 yoshli erkak bu hamda 20 yoshli yana bir qizni qo‘rqitish yo‘li bilan fohishalik faoliyati bilan shug‘ullanishga majbur qilgani aytilmoqda.

Reyd davomida bunday turdagi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 30 nafar qiz qo‘lga olindi, ulardan 4 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlandi.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olinganlar bilan profilaktik tadbirlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Shuningdek, ular tegishli ro‘yxatlarga kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish