19:59 / 27.11.2015
55119

O‘zbek xonandasining to‘yi yulduzlar bazmiga aylandi

26 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Ezidyor” restoranida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning farzandlari Mehroj va Sirojning sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz`ning san'atkor oilasiga yaqin axborot manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, to‘y marosimida o‘zbek estrada va mumtoz musiqa san'atining yorqin vakillaridan Sherali Jo‘rayev, Nasiba Abdullayeva, Ozodbek Nazarbekov, G‘iyos Boytoyev, Ravshan Nomozov, Jahongir Otajonov, Ozoda Nursaidova va boshqalar ishtirok etdi.

“To‘y marosimi haqiqiy yulduzlar bazmiga aylanib ketdi. Unda mikrofon yaxshi ma'noda talash bo‘ldi. 2015 yil hisobidan san'atkorlarning bu qadar bir joyga jam bo‘lgani yo‘q edi”, - dedi axborot manbasi

Top