Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Rossiya Yevropada ixtilofning yangi chiziqlarini yaratmoqda
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Niderlandiyaga tashrifi davomida Rossiya ixtilofning yangi chiziqlarini yaratayotganini aytdi, deb xabar berdi “Ukrinform” agentligi.
“Ko‘pchilik Ukrainadagi vaziyat barham topsa, Yevropada avvalgidek bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Biroq Rossiyaning kayfiyati hisobga olinsa, bu orzudek tuyuladi. Rossiyaning Qrim va Donbassdagi tajovuzi nafaqat Yevropadagi ishonch va dadillikka zarba berdi, u Yevropada ixtilofning yangi chiziqlarini yaratdi”, deb aytdi Poroshenko.
Poroshenkoning aytishicha, Yevropada bunga e'tibor berish istalmayotgani bu muammoning yo‘qligini anglatmaydi. Poroshenko, shuningdek, Rossiya chegaralarning daxlsizligi, qadriyatlar ustuvorligi, yaxlitlik kabi Yevropaning bosh qadriyatlarini inobatga olmayotganiga e'tiborni qaratdi.
“G‘arb ishonch doirasini yaratmoqchi, Rossiya esa ta'sir hududini”, deb aytdi Poroshenko. Uning fikricha, Rossiya va G‘arbning rejalari boshqa-boshqadir.