09:49 / 27.11.2015
10875

Putin: Anqara IShIDdan neft sotib olayotganini tan olishi kerak

Rasmiy Anqara Turkiya tomonidan IShID nefti sotib olinayotganini tan olishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya rahbari Fransua Olland bilan muzokaralaridan keyin o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Uning aytishicha, Moskva Turkiyadagi yuqori doiralar bu haqida bilmasligi mumkinligini istisno etmaydi.

"Agar shu vaqtgacha bilmagan bo‘lishsa, endi bilishadi", deydi Putin.

Putinning aytishicha, gap "katta ko‘lamdagi neft mahsulotlarining noqonuniy savdosi" haqida ketmoqda.

"BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan shunday maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Unga ko‘ra terrorchilardan neft sotib olish mumkin emas. Turklar olayotgan neft bochkalarida shunchaki neft emas, fuqarolarning qoni ham bor. Chunki, terrorchilar neftni sotib topgan pullariga qurollar va o‘q-dorilar sotib olishadi hamda qonli ishlarini amalga oshirishda davom etishadi", deydi Putin.

U o‘z nutqida Sinayda Rossiya samolyoti qulashi, Parijdagi teraktlar va boshqa voqealarni eslab o‘tgan.

Top