Jahon | 09:25 / 27.11.2015
13714
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya o‘z samolyotlarini himoya qilish uchun nafaqat S-400 dan foydalanadi

Rossiya Suriyada o‘z samolyotlarini himoya qilish uchun nafaqat S-400 tizimidan, balki qiruvchi samolyotlar va radioelektron kurash vositalaridan foydalanadi.

Bu haqda Putin Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Putinning aytishicha, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Suriyada terrorchilikka qarshi kurashayotgan hamkorlariga qaratilmaydi.

Putin, shuningdek, Rossiya Suriyada rus harbiy samolyotlari harakati haqida AQShga berilgan ma'lumot u tomondan qanday foydalanilgani haqidagi masalani ham taftish qiladi.

“Biz amerikalik hamkorlarimizga oldindan bizning uchuvchilar qayerda, qachon, qanday eshelonlarda ishlashi haqidagi ma'lumotlarni berganmiz. Turkiya kiradigan koalitsiyaga boshchilik qiluvchi AQSh bizning samolyotlar qayerda va qachon bo‘lishini bilgan va aynan o‘sha yerda biz zarbaga uchradik”, deb aytdi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish