O‘zbekiston | 11:57 / 27.11.2015
5749
3 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida tabiiy hodisalarni kuzatish tizimi ishga tushadi

2016 yildan Farg‘ona vodiysidagi Qamchiq dovonida xavfli tabiat hodisalarini monitoring va kuzatish uchun yangi tizim ishga tushiriladi. 25 noyabr kuni BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Stefan Prisner hamda Yevropa Komissiyasining Markaziy Osiyo va sharq mamlakatlariga insonparvarlik yordami va fuqaro himoyasi bo‘yicha mintaqaviy idorasi (DG-ECHO) rahbari Karlos Afoson tizimni ishga tushirishga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Gazeta.uz internet nashrining xabar berishicha, Qamchiq dovonining geografik joylashuvi xususiyatiga ko‘ra yer ko‘chishi, tosh qulashlari va ko‘chkilar sodir bo‘lishi xavfi yuqori hisoblanib, harakat xavfsizligini ta'minlash uchun kuzatuv punktlarini doimiy ravishda yangilab, texnik qayta qurollantirib turishni taqozo etadi. O‘zbekistonda xavfli tabiat hodisalari ustidan monitoring va kuzatish tizimini takomillashtirishga innovatsion yondashuv BMT TD tomonidan YeKning Insonparvarlik yordami va fuqaro himoyasi departamentining Ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish dasturining moliyaviy ko‘magida amalga oshirish taklif qilingan edi.

Yaqindagina ishga tushirilgan “Qamchiq dovonida tabiiy ofatlar xavfini boshqarish” loyihasi maqsad va vazifalarida texnik ta'minot hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik va xatti-harakatlar qoidalari haqida aholini xabardorligini oshirishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqiladi.
BMT TDning Toshkentdagi vakolatxonasi xabariga ko‘ra, so‘nggi avlod kameralari 60 daraja sovuq va 70 darajagacha issiq ob-havo sharoitida ham atrofni 360 darajada tasvirga tushirib, tungi vaqtlarda ham kuzatuv olib boradi.

Loyiha doirasida o‘rnatilgan videokonferentsaloqa tizimlari onlayn rejimda FVV inqiroz vaziyatlarini boshqarish markazining Toshkentga tasvirlarni translyatsiya qilish imkonini beradi. Bu teo‘kor qarorlarni qabul qilish zaruriyati tug‘ilganida vaqtni tejashga va favqulodda vaziyatlarda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etadi.

Shuningdek, loyiha doirasida FVV mobil ilovasiga «SOS» funksiyasi ham kiritilib, mutaxassislarga hodisa joyini aniqlash va birinchi ko‘mak ko‘rsatish uchun bu haqda mutaxassislarga ma'lumot yuboradi. Bundan tashqari, muntazam raivshda dovon yaqini (Toshkent va Namangan viloyatlari) istiqomat qiluvchi aholi tayyorgarligi bo‘yicha kompleks ishlar olib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish