Jahon | 22:50 / 27.11.2015
6108
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston ommaviy tarzda qochqinlar kelishi vaziyatida yo‘l tutadigan rejasini yangiladi

Qirg‘iziston ommaviy tarzda qochqinlar kelishi vaziyatida yo‘l tutadigan rejasini yangiladi, deb ma'lum qildi BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi.

“Yaqin kelajakda Qirg‘izistonga ommaviy tarzda qochqinlar kelishini kutmayotgan bo‘lsakda, biroq bunga yuqori darajada tayyorgar holatda turish kerak, deb hisoblaymiz. Rejaning jamoaviy tarzda ko‘rib chiqilishi bizga qochqinlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yuzaga kelishi vaziyatini muhokama qilish va tegishli idoralarda bunga tezkor javob berish va harakatlar uchun javobgar shaxslarni tayinlashga imkon beradi”, deb aytdi BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Maki Shinoxara.

“Qirg‘iziston dengizga chiqishga ega emas, biroq ko‘plab davlatlar bilan chegaradosh. Qirg‘iziston oxirgi 20 yil ichida qo‘shi Tojikiston va Afg‘onistondagi betartibliklardan qochgan o‘n minglab qochqinlarni o‘zida qabul qilgan”, deyilmoqda boshqarmada.

“Taqiblardan qochayotgan qochqinlar boshqa ehtiyojlarga ega. Qochqinlar maqomi haqidagi Xalqaro konvensiyaga qo‘shilgan Qirg‘iziston ularga yordam berish majburiyatiga ega”, deb Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Quvvatbek Bo‘ronov aytgan so‘zlar keltirib o‘tildi.

Qirg‘izistonning ichki hujjati hisoblanuvchi ushbu reja qochqinlarga uy-joy, oziq-ovqat, suv ta'minoti, sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha yordamni taqdim qilishni ko‘zda tutadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish