Jahon | 23:31 / 27.11.2015
11564
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Anqaraning terrorchilikka qarshi kurashdagi asl maqsadiga shubha bildirmoqda

Rossiyada Anqaraning asl maqsadlari, shu jumladan terrorchilikka qarshi kurashdagi maqsadlari borasida borgan sari ko‘p savol tug‘ilmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zining suriyalik hamkasbi Volid Muallim bilan uchrashuvdan keyin aytdi.

“Bizda Anqaraning asl maqsadlari va uning terrorchilikni yo‘q qilish hamda Suriyadagi vaziyatning normallashishidan qanchalik manfaatdor ekanligi darajasi borasida borgan sari ko‘p savol paydo bo‘lmoqda”, deb aytdi Lavrov.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ba'zi davlatlar xalqaro terrorchilikning rivojlanishiga imkon berayotganlarini aytdi. Putin bu haqda bir qator yangi elchilarga ishonch yorlig‘i topshirilishi marosimida aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish