22:10 / 27.11.2015
4959

Sergey Lavrov fransiyalik hamkasbining IShIDga qarshi yer usti koalitsiyasini yaratish taklifini qo‘llab-quvvatladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Parijning Suriyada IShIDga qarshi kurashuvchi va tarkibiga hukumat qo‘shinlari, muholifat va kurdlar kirgan yer usti koalitsiyasini yaratish taklifi Rossiya tomonidan bildirilayotgan tashabbusga mos keladi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Loran Fabius aytayotgan takliflar jumladan Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqida tasdiqlagan bizning tashabbusimizga mos keladi. Faqatgina bu masalaning “Suriya ozod armiyasi” borasidagi qismi bo‘yicha bir fikrga kelib olish kerak”, deb aytdi Lavrov o‘zining suriyalik hamkasbi Volid Muallim bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra.

Lavrovning aytishicha, kurdlar va Suriyaning qurollangan muholifati boshidan Moskvaning IShIDga qarshi kurashuvchi frontini yaratish tashabbusidan o‘rin olgan.

Lavrovning ta'kidlashicha, Moskva jangarilarga qarshi kurashda vatanparvar muholifatning ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Top