09:16 / 27.11.2015
4516

Shahrixonlik yigit qishloqdoshining mashinasida aylangani chiqib, o‘g‘irlikda ayblandi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi Bahodir Shokirov ismli yigit mashina o‘g‘irlashda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Shokirov qo‘shnisi Anvar Ismoilovning yangi Nexia’siga havas bilan qaragan.
Bir kuni ular ikkovlon dalaga borishgan. Fermer oldiga ketgan Ismoilov do‘stiga mashina kalitini tashlab ketgan. Bundan quvongan Shokirov mashinani daladan olib chiqib, katta ko‘chaga haydab ketgan.

Yarim soatdan so‘ng shiyponga kelgan Ismoilov mashinaning joyida yo‘qligini ko‘rdi va IIBga murojaat qildi. Mashina tezda topilib, jabrlanuvchining qo‘shnisi hibsga olindi.
Ayni paytda Shokirov mashinani o‘g‘irlash niyati bo‘lmaganini, shunchaki aylanib kelishni istaganini ta'kidlamoqda.

Top