18:31 / 27.11.2015
2220

Shvetsiya politsiyasi chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan 14 ming muhojirni qidirmoqda

Shvetsiya migratsion xizmati mamlakat hududidan boshpana berishdan bosh tortgan 22 ming qochqin politsiyaning mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan. Shulardan 14 ming nafari dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Aftonbladet gazetasi yozmoqda.

“Biz ularning qayerdaligini mutlaqo bilmaymiz”, - tushuntirdi Shvetsiya politsiya bosh boshqarmasi chegara politsiyasi seksiyasi rahbari Patrik Engstryom.

Aytilishicha, 2015 yil oktabridan buyon ro‘yxatga jami 21 ming 748 kishi kiritilgan. Shulardan 14 ming 140 nafarini topishning iloji bo‘lmayapti. Ta'kidlanishicha, ular hatto Shvetsiya hududini tark etgan ham bo‘lishi mumkin.

Engstryom bergan ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatda bo‘lishiga ruxsat berilmagan muhojirlarni topib, chiqarib yuborish ishi juda murakkab bo‘lib, har kuni bu ishga o‘rtacha 200 politsiyachi jalb qilinmoqda.

Top