07:45 / 27.11.2015
2864

The Local: Fransiya tamaki chekish kamroq jozibaliroq ko‘rinishi uchun sigaretlarda logotiplar tushirishni taqiqladi

Fransiyada parlament o‘z ovozini bergandan keyin sigaretlar keyingi yilgacha “toza” qutilarda sotiladi, deb yozmoqda The Local nashri.

7 oy avval qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinganda parlament qonunga sigaret qutilari borasidagi o‘zgartirishlarni kiritishni taklif qildi. Qutilarda chekish sog‘liqqa zarar ekanligidan ogohlantiruvchi yozuvni butun Yevropa Ittifoqidagi kabi qoldirish taklif qilindi. Tuzatish rad etildi va sigaretlar yangi qutilarda keyingi yilning mayidan sotuvga chiqariladi.

Keyingi yilning mayidan Fransiyada sigaretlar bir xil o‘lcham va bir xil rangdagi hamda brend nomi mayda shriftlarda yozilgan qutilarda sotiladi. Bunday amaliyot uch yildan beri Avstraliyada qo‘llab kelinmoqda, bunga Buyuk Britaniya va Irlandiyada ham amal qilinmoqchi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada kattalarning to‘rtdan biri va yoshlarning uchdan biri tamaki chekadi. Sotsialistik partiya vakili Mishel Delone Fransiyada chekuvchilar miqdori qolgan Yevropa davlatlariga nisbatan o‘sayotganini ta'kidlab o‘tdi. Shu partiyaning yana bir a'zosi Jyerard Sebanon neytral quti o‘smirning chekishga istagini kamaytirishi, chekishni esa kamroq jozibaliroq qilishini aytdi.

Avvalroq Parij hukumati sigaret qoldiqlarini ko‘chalarga tashlovchilarga 68 yevro jarima belgiladi.

Top