20:26 / 27.11.2015
3975

Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi aviachiptalar uchun reklama narxining amal qilish muddati uzaytiriladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar uchun reklama narxining amal qilish muddati uzaytirilganini ma'lum qiladi.

“Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar uchun reklama narxining amal qilishi 2015 yilning 27 dekabrigacha uzaytiriladi. Parvozning narxi barcha to‘lovlarni hisobga olgan holda bir tomonga 18 yevroni tashkil qiladi”, deyiladi aviakompaniya bergan xabarda.

O‘zbekiston fuqarolari chiptalarni Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mlarda olishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya tomonidan avvalroq ushbu yo‘nalishdagi chiptalar uchun reklama narxining amal qilish muddati 30 noyabrga qadar uzaytirilgan edi.

Top