Jahon | 12:37 / 27.11.2015
11928
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya HHK Suriya osmonida parvozlar amalga oshirishni to‘xtatadi

Turkiya harbiylari Suriya osmonida uchishlarni to‘xtatadi. Bu haqda Hürriyet Daily News gazetasida yozilgan.

Manbaning aytishicha, bu qaror Moskva bilan kelishilgan holda qabul qilingan. Bunga 24 noyabr kuni Turkiya tomonidan o‘z havo kengliklariga kirgani uchun Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirgani sabab bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Turkiya AQSh rahbarligidagi koalitsiya tarkibida IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazib kelayotgandi. Turkiya HHK samolyotlari shu yilning avgustida Suriya hududida ilk marta havo zarbalarini amalga oshirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish