Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Kolorado-Springs shahrida otishma paytida 11 kishi jarohat oldi
AQShdagi Kolorado-Springs shahrida joylashgan oilani rejalashtirish markazi yonida qurollangan erkak va politsiya o‘rtasidagi otishmadan keyin 11 kishi jarohatlangan va shifoxonalarga olib ketilgan, deb xabar bermoqda AVS telekanali. Ulardan kamida 4 nafari politsiya xodimi ekanligi aytilmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, markaz binosi ichidan bir necha soat davomida politsiya bilan otishma olib borgan jinoyatchi taslim bo‘lgan.
Politsiya zobitlarining o‘zaro suhbatiga ko‘ra, jinoyatchi qo‘llarini yuqoriga qilgan holda politsiya oldiga chiqqan. Buni shahar meri Jon Saters rasmiy tvitterida ma'lum qildi.
Huquq-tartibot muassasalari xodimlari markaz binosiga kirib, uni portlovchi moddalar qo‘yilmaganiga tekshirib chiqishgan.