Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Kolorado-Springs shahridagi otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
AQShning Kolorado shtatida joylashgan Kolorado-Springs shahrida 27 noyabrda oilani rejalashtirish tibbiyot markazida bir erkak tomonidan sodir etilgan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga mahalliy hokimiyat vakillari ma'lum qilishdi.
Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, bir nafar politsiyachi va ikki fuqaro halok bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotga ko‘ra, shifoxonalarda otishmadan jabrlangan 9 kishi, jumladan 4 nafar politsiyachi qolmoqda.
Otishmani sodir etgan erkak qo‘lga olingan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari uni taslim bo‘lishga ko‘ndira olishgan.
Ayni paytda sapyorlar guruhi markaz binosini jinoyatchi bomba qo‘ygan bo‘lishi mumkinligiga tekshirishmoqda.
Voqea avtomobil yo‘li yoqasida, aholi punktidan 600 metr uzoqlikda joylashgan tibbiyot markazida yuz bergan.
Avvalroq Oq uy vakili AQSh prezidenti Barak Obama ushbu voqeadan xabardor etilganini ma'lum qilgan. “Prezident Koloradodagi voqeadan o‘zining terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha yordamchisi Liza Monako tomonidan xabardor etilgan. Prezident zaruratga ko‘ra yangi ma'lumotlar oladi”, deb aytdi Oq uy vakili.