Jahon | 17:48 / 28.11.2015
2576
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada IShID tarkibiga qo‘shilib ketgan 50 nafar fuqaro faoliyati yuzasidan tergov olib borilmoqda

Gruziya davlat xavfsizligi xizmati rahbari o‘rinbosari Levan Izoriya bugungi kunda Suriyada mamlakatning 50 nafar fuqarosi jangarilar tomonida turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etayotganini ma'lum qildi.

Mahalliy “Imedi” telekanali efiridagi chiqishi chog‘ida u mazkur fuqarolarga nisbatan tergov harakatlari amalga oshirilayotganini aytdi. Izoriyaning ishontirishicha, Gruziya qaytgan taqdirda tilga olingan shaxslar sud oldida javob beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish