Jahon | 23:33 / 28.11.2015
3154
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda portlash oqibatida 5 nafar odam halok bo‘ldi

Iroq shimolida avtomobil portlashi oqibatida kamida besh kishi vafot etdi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Ushbu noxush voqea Tuz-Hurmatli shaxrida sodir bo‘ldi. Terrorchi-xudkush boshqargan avtomobil asosan shia turkmanlar yashaydigan mavzedagi bozorga kiraverishda joylashgan politsiya o‘tkazish punktida portlagan.

Vafot etganlarning kamida ikki nafari politsiyachilar. Yana 19 nafar kishi yaralangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish