10:08 / 28.11.2015
4318

Jastin Tryudo Yelizaveta II ga keksayganini eslatdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni o‘zini keksa his etishga majbur qildi. Bu haqda Britaniya rahbari hazil tariqasida Maltada ish boshlagan Millatlar Hamdo‘stligi sammiti chog‘ida aytib o‘tdi.

43 yoshli Tryudo tantanali banket chog‘ida yig‘ilganlarga sammitga kelgan eng yosh arbob ekanligini eslatib qo‘ydi. Shundan so‘ng u qirolichaga murojaat etib, uning bir necha marotaba Kanadaga borganini eslatib o‘tdi hamda Hazrati Oliyalari Kanadani ko‘pgina kanadaliklardan ko‘ra yaxshiroq bilishini ta'kidladi.

Millatlar Hamdo‘stlik rahbari, o‘z navbatida, ishtirokchilarga murojaat qilib, “Kanada bosh vaziri, o‘zimni shu darajada keksa his etishga majbur qilganingiz uchun tashakkur”, dedi.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham qirolichani taxtda o‘tkazgan yillari bo‘yicha milliy rekordni yangilagani bilan tabrikladi. 23 226 kun, 16 soat va 23 daqiqadan iborat eski rekord qirolicha Viktoriyaga (1837-1901) tegishli bo‘lgan edi. 9 sentabr kuni Yelizaveta II buyuk ajdodidan bu borada o‘tib ketdi.
2016 yilning 21 aprelida qirolicha 90 yoshga to‘ladi.

Top