Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kemeron Suriyada IShID pozitsiyalariga zarba berish uchun parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi va'dani oldi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasida Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyada IShID pozitsiyalarini bombardimon qilish uchun ruxsat berishga zarur bo‘lgan ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashi va'dasini oldi. Bu haqda The Daily Telegraph nashri ma'lum qildi.
“Bosh vazir havo zarbalari foydasiga ancha ko‘p ovozga ega”, deb ma'lum qilmoqda nashr va boshida bu tashabbusga qarshi chiqayotgan Konservativ partiyaning 20 deputati o‘z fikrlarini o‘zgartirganlarini ta'kidlab o‘tdi.
Buyuk Britaniya parlamentidagi kuchlarning bo‘linishi asosida bombardimonlarning nafaqat hukmron partiya tomonidan, balki muholif Leyboristik partiyaning deyarli yarmi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yotadi. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda aviazarbalar berish foydasiga 231 nafar leyborist deputatdan 115 nafari ovoz berishga tayyor. Bu holat leyboristlar yetakchisi Jyeremi Korbin Suriyada IShID pozitsiyalariga aviazarbalar berish huquqining berilishiga qat'iyan qarshi chiqaayotganiga qaramasdan kuzatilmoqda. Iroqda bunday zarbalarni berishga ruxsat bor.