Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:28 / 28.11.2015
3825
1 daqiqa o‘qiladi
Oq Uy: milliy xavfsizlik agentligi 29 noyabr kuni elektron kuzatuvni to‘xtatadi
AQSh milliy xavfsizlik agentligi 29 noyabr kuni amerikaliklarning telefon kommunikatsiyalari ma'lumotlarini to‘plash dasturini to‘xtatadi. Bu haqda Oq Uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Ned Prays ma'lumot berdi.
Uning ta'kidlashicha, oxirgi 5 yil davomida dastur doirasida to‘plangan ma'lumotlar 2016 yil 29 fevraliga qadar saqlanadi. Chet el razvedkalari faoliyatini kuzatish bo‘yicha AQShning maxsus sudi qarori chiqishi bilan barcha ma'lumotlar yo‘q qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish