13:37 / 28.11.2015
3550

O‘zbekiston Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

2015 yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Elchixonasida Janubiy Koreyaning taniqli siyosat va davlat arbobi, sobiq prezidenti Kim Yong Samning vafot etganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.

Janubiy Koreya tomoni bildirilgan dalda va hamdardlik uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Top