10:08 / 28.11.2015
3089

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ivan Yefremov Xyustondagi jahon chempionatida kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Ivan Yefremov shu kunlarda AQShning Xyuston shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi.

105 kg gacha vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Yefremov siltash bilan ko‘tarishda 187 kg lik shtangani ko‘tarib, jamoamiz uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchimiz yelkaga olib ko‘tarish mashqida birinchi urinishda 204 kg lik shtangani ko‘tara oldi, biroq afsuski, keyingi urinishlarda 215 va 216 kg lik shtangalarni ko‘tara olmadi. Natijada Yefremov ikki mashq yig‘indisiga ko‘ra 8-o‘rinni egalladi.

Top