Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:04 / 28.11.2015
7715
1 daqiqa o‘qiladi
Peskov Turkiyaning Su-24 parvozi aks etgan xaritalarini multiplikatsiya deb atadi
Rossiyaning Turkiya chegaralarida urib tushirilgan Su-24 samolyoti parvozining Anqara tomonidan taqdim etilgan xaritalari multiplikatsiyadan ortiq narsa emas. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov “Vesti v subbotu” ko‘rsatuvi efiridagi chiqishida bayonot berdi. Sergey Brilyov bilan o‘tgan suhbat matni Vesti.ru saytida chop etildi.
“Biz elektron izni, samolyot yurgan trassani ko‘rdik, u Turkiya havo hududiga hech qanday, qasddan yoki tasodifan amalga oshirilgan tajovuz bo‘lmaganini yaqqol ko‘rsatadi”, - ta'kidladi Peskov.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish