13:07 / 28.11.2015
10707

Qozog‘istonda yosh kelin-kuyov to‘y o‘rniga yetim bolalarning qornini to‘ydirishdi

Janubiy Qozog‘iston viloyatida Meyirman va Saniya ismli kuyov va kelin o‘z to‘ylarini boshqacharoq usulda nishonlashdi: ular restoranda emas, bolalar uyida dasturxon yozdi.

Bunday holatlar ilgariroq boshqa joylarda ham kuzatilgan edi. Jumladan, yaqinda AQShning Sakramento shahrida bekor qilingan to‘y egalari mehmonxonada buyurtma qilingan dasturxon atrofiga uysizlarni to‘plashdi. O‘sha kecha 120 uysiz bayram dasturxoni atrofida to‘plandi.

Avgust oyida turkiyalik kelin-kuyov nikoh bazmiga to‘plangan pullarni suriyalik qochqinlarga xarajat qilishdi. To‘ylari bo‘ladigan kuni ular qochqinlarga oziq-ovqat tarqatish bilan shug‘ullanishdi.

Top