07:41 / 28.11.2015
2108

Qozog‘istonlik soliqchilar Facebook va Instagram’dagi noqonuniy savdo-sotiqqa qarshi kurashishni boshladilar

Qozog‘iston soliq xizmatlari Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali noqonuniy savdo-sotiq holatlari bo‘yicha tergov o‘tkazmoqdalar, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri. Bu haqda Qozog‘iston davlat daromadlari qo‘mitasi raisi Daulet Yergojin ma'lum qildi. Yergojin ijtimoiy tarmoqlardagi savdogarlar ko‘pincha xaridorlarga chek bermasliklari va bojxona qonunchiligini buzilishlarini aytdi.

“Siz kontrabandaga ko‘mak berayotganingizni anglamaysiz. Bizda Ostona aeroportida shov-shuvli ish bo‘lgan, o‘shanda biz katta partiyadagi shubalarni ushlaganmiz. Bu shubalarning barchasi Instagram orqali sotilgan. Hozir bizning iqtisodiy tergovlar xizmatimiz Facebook, Instagram orqali savdo qiluvchi barcha korxonalar ishlari va faoliyatini tahlil qilmoqda.

Bunday korxonalar zargarlik buyumlarini ham sotishni boshlashdi. Biz chegara xizmati bilan birga ko‘plab shaharlar, aeroportlarda ularni deklaratsiya qilinmagan zargarlik buyumlarini olib kirish paytida ushlamoqdamiz”, deb aytdi Yergojin.
Aybdorlar mol-mulki musodara qilingan holda ikki yildan qo‘proq qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Yergojin, shuningdek, Rossiyaning 20 yevrodan qimmatroq mahsulotlar uchun boj to‘lovi olish haqidagi rejalariga izoh berdi. Uning aytishicha, Qozog‘iston uchun hali bunga ertalik qiladi, chunki mahalliy internet-savdoda boshqa ko‘plab muhim masalalar tartibga solinmagan. “Rossiya jismoniy shaxs o‘zi uchun olib ketayotgan bo‘lsa ham, mahsulotlarga boj to‘lash boshlanadigan yagona bo‘sag‘a ko‘rsatkichini qiritmoqchi. Biroq biz internet-savdoni umuman qanday tartibga solishni birgalikda anglashni taklif qilmoqdamiz. Shunchaki to‘lov tizimini kiritish samara bermaydi”, deb aytdi Yergojin.

Top