16:18 / 28.11.2015
4894

Turkiya TIV fuqarolarga Rossiyaga safarlarni vaqtinchalik bekor qilishni tavsiya etdi

Turkiya TIV fuqarolarga Rossiyaga safarlarni, agarda ular zarur bo‘lmasa, vaqtinchalik bekor qilib turish tavsiya etildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar tufayli 24 noyabrdan Rossiyaga safar uyushtiradigan yoki u yerda yashayotgan fuqarolarimizda muammolar kuzatilishi mumkin. Vaziyat hal etilguniga qadar fuqarolarimiz Rossiyaga zarur va shoshilinch bo‘lmagan safarlarni bekor qilib turishi maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - deyiladi bayonotda.

Top