Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchquduqdagi Shimoliy kon boshqarmasi harbiylashgan qo‘riqlash otryadi boshlig‘i pora ustida qo‘lga olindi
Navoiy viloyati Uchquduq shahridagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Baxtiyorjon Rahimov pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, fuqaro Ulug‘bek Islomov shaharga ish izlab kelib, mazkur otryadda xizmat qiluvchi Jafar Abdulov bilan tanishib qolgan hamda shu qo‘shilmada xizmat qilish niyatini bildirgan. Bunga javoban Abdulov Rahimov orqali bu ishni hal qilib bera olishini, buning uchun 2 mln so‘m talab qilinishini aytgan.
Ammo Islomov poraxo‘rlik harakati haqidagi tegishli joylarga murojaat qilishni ma'qul topgan.
Natijada Rahimov Abdulovdan 1.2 mln so‘m olayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olindi.