14:54 / 28.11.2015
18340

Xitoyda sodir bo‘lgan YTH videotasvirlari internet ahlining diqqatini o‘ziga qaratdi

Xitoyda sodir bo‘lgan g‘ayritabiiy YTH aks etgan videolavha internetda minglab foydalanuvchi tomonidan tomosha qilindi. Kuzatuv kameralarining qaydlarida aks etishicha, chorrahaga yaqinlashayotgan bir nechta mashina osmonga uchib ketgan. Tasvir Liveleak.com portalida joylashtirildi.

Chiziqlardan birida miniven yerdan uzilib, yonidagi avtomobilga tegib ketdi. Qarama-qarshi tomonda esa nimadir sedanning keskin to‘xtashiga sabab bo‘ldi, u qarshisidagi yig‘ishtirish mashinasiga urilishiga bir baxya qoldi. Piyodalarga zarar yetmadi.

Videolavhalarni ko‘rganlar bo‘lib o‘tgan voqealarga “narigi dunyo kuchlari” sababchi bo‘lgan, deb taxmin qilib ko‘rdi. Keyinchalik aniqlanishicha, YTHdan bir muddat oldin yoritish ustunidan po‘lat tros uzilib, yerga tushgan. U yig‘ishtirish avtomobiliga tushib, yo‘l bo‘ylab tortilib qolgan. Buning natijasida avtomobillar turli tomonga sochilib ketgan.

Top