Jahon | 16:09 / 29.11.2015
4976
1 daqiqa o‘qiladi

2050 yilda Dubay eng kam uglevodorod chiqindisi darajasi eng past shaharga aylanadi

BAA prezidenti o‘rinbosari va Dubay hokimi shayx Muhammad bin Rashid al-Maqtum 2050 yilga qadar ushbu shahar elektr energiyasi ta'minotining 75 foizlik ulushini ekologik toza manbalardan oladi. Bu haqda “al-Bayon” nashri yozmoqda.

Dubay hokimining bayonoti al-Marmumdagi quyosh elektr stansiyasi 2-navbatining ishga tushirilish marosimi chog‘ida aytib o‘tildi. Mazkur stansiya ayni kunda dunyodagi eng katta quyosh energiyasi inshooti hisoblanadi.

2030 yilda elektr stansiyasining maksimal quvvati 5 GVt ni tashkil qiladi. Loyiha qiymati – 13.6 mlrd dollar.

“Bizning maqsadimiz 2050 yilda uglevodorod sarfi chiqindilari darajasi eng past bo‘lgan shaharga aylanishdir”, - ta'kidlab o‘tdi al-Maqtum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish