02:05 / 29.11.2015
3650

Angliya chempionati, 14-tur natijalari: “Manchester Siti” “Sautgempton”ni yutdi, “Lester” “MYu” bilan durang o‘ynadi

“Manchester Siti” futbolchilari Angliya chempionatining 14-turida o‘z uyida “Sautgempton”ni yutdi. “Shaharliklar” safida gollarni Kevin De Bryoyne, Fabian Delf va Aleksandar Kolarov, “avliyolar” safida esa Sheyn Long o‘z hisoblariga yozib qo‘ydilar.

Angliya Premer-ligasi. 14-tur

Manchester Siti (Manchester) – Sautgempton (Sautgempton) – 3:1
Gollar: De Bryoyne, 9 (1:0); Delf, 20 (2:0); Long, 49 (2:1); Kolarov, 69 (3:1).

Yana bir uchrashuvda “Lester” “MYu” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va ochkolar soni bo‘yicha “Man Siti”ga yetib oldi. “Lester” maydoni “King Pauer — Uolkers” stadionida o‘tgan uchrashuvning 1-bo‘limi o‘rtalarida mezbon jamoa hujumchisi Jyeymi Vardi o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. 1-bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Bastian Shvaynshtayger javob to‘pini kiritishga muvaffaqiyat bo‘ldi.

Ayni paytda “Lester Siti” 29 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda va yetakchilik qilayotgan “Man Siti”dan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolmoqda. 28 ochko to‘plagan “MYu” 3-o‘rinni egallamoqda.

Lester Siti (Lester) – Manchester Yunayted (Manchester) – 1:1
Gollar: Vardi, 24 (1:0); Shvaynshtayger, 45+1 (1:1).

Qolgan parallel uchrashuvlarda “Uotford” mehmonda “Aston Villa”ni 2:3 hisobida mag‘lub etdi, “Bornmut” va “Everton” 3:3 hisobida durang o‘ynadi, “Sanderlend” “Stok Siti”ni 2:0 hisobida, “Kristal Pelas” esa “Nyukasl Yunayted”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Aston Villa (Birmingem) – Uotford (Uotford) – 2:3
Gollar: Igalo, 17 (0:1); Richards, 41 (1:1); Xatton, 69 (1:2, avtogol); Dini, 85 (1:3); Ayyu, 89 (2:3).

Bornmut (Bornmut) – Everton (Liverpul) – 3:3
Gollar: Mori, 25 (0:1); Lukaku, 36 (0:2); Smit, 80 (1:2); Stanislas, 87 (2:2); Barkli, 90+5 (2:3); Stanislas, 90+8 (3:3).

Sanderlend (Sanderlend) – Stok Siti (Stok-on-Trent) – 2:0
Gollar: Van Anxolt, 82 (1:0); Uotmor, 84 (2:0).
Chetlatish: Shoukross, 47 (Stok Siti)

Kristal Pelas (London) – Nyukasl Yunayted (Nyukasl-apon-Tayn) – 5:1
Gollar: Sisse, 10 (0:1); Makartur, 14 (1:1); Bolase, 17 (2:1); Zaxa, 41 (3:1); Bolase, 47 (4:1); Makartur, 90+3 (5:1).

Top